
Ronaldu bilan o‘ynagan futbolchi Messining zo‘rligini tan oldi
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Kiran Richardson Angliya klubida o‘zi bilan birga o‘ynagan Krishtianu Ronaldu va uning ashaddiy raqobatchisi Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Agar bu ikki futbolchidan birini tanlashga to‘g‘ri kelsa, men Ronalduni yaxshi bilishim, u bilan birga to‘p tepganim, uni yoqtirishga qaramay, Messini tanlagan bo‘lardim.
Ular futboldan ketganidan keyin ham hech qachon odamlarning og‘zidan tushmaydi.
Men Messini jahon chempionatida g‘olib chiqqani uchungina tanlayman, - dedi Kiran Richardson.
Ta’kidlash joizki, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi deyarli barcha sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘lgan. Portugaliyalik yulduzga faqat jahon chempionligi etishmaydi xolos.
Fikrlar