Ronaldu bu ishni 19 yildan beri takrorlamoqda

  • 21.09.2020 13:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning birinchi uchrashuvida “Sampdoriya” darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Turinliklar to‘purari Ronaldu Evropa milliy chempionatlarida ketma-ket 19 mavsumda gol urgan futbolchiga aylandi. Bu hammaga ham nasib qilmaydigan natija.

Portugaliyalik futbolchi o‘zi to‘p surgan jamoalar – “Sportin”, “Manchester Yunayted” va “Real” tarkibida ham raqiblar darvozasini uzluksiz ishg‘ol qilib kelgan.

Krishtianu Ronaldu ayni paytda faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar o‘rtasida eng ko‘p gol urgan hujumchi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!