
Ronaldu bugungi o‘yinni intiqlik bilan kutmoqda!
"An-Nasr" futbolchisi Krishtianu Ronaldu bugungi superkubok o‘yinidan oldin "Instagram" sahifasida qisqacha fikr qoldirdi. Uning jamoasi bugun 23:00 da "Al-Ittihod"ga qarshi bahs olib boradi.
"Bugungi o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapman. Maydonga tushishga va jamoamga maksimal yordam berishga tayyorman. Olg‘a, jamoa!", - deya post qoldirgan Ronaldu.
Ma’lumot o‘rnida, "Al-Ittihod"ga qarshi o‘yin superkubok yarim finali doirasida bo‘lib o‘tadi. G‘olib jamoa finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Fikrlar