Ronaldu Chempionlar ligasining qur’a marosimiga taqib kelgan zargarlik buyumlari narxi qancha turadi?

  • 31 avgust, 2024, 19:35
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ronaldu Chempionlar ligasi qur’a tashlash marosimiga 7 million evrodan ortiq zargarlik buyumlarini taqib keldi.

Tecno

"An-Nasr" va Portugaliya terma jamoasining super yulduzi Krishtianu Ronaldu 2024/25 yilgi Chempionlar Ligasi qura tashlash marosimida 6 million funt sterling (7 million evrodan ortiq) miqdoridagi zargarlik buyumlari bilan qatnashdi.

"The Sun" nashrining yozishicha, mashhur sportchining bilagidagi soat 2,2 million funt sterlingga teng. Uning kostyumidagi afsonaviy nishon 33 karatli olmosdan yasalgan. Ronalduning butun libosida umumiy qiymati 6 million funt sterling bo‘lgan uchta olmos bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, qura tashlash marosimida 39 yoshli Ronalduning vazifasi superkompyuter tugmachasini bosish bo‘lgan bo‘lsa, sun’iy intellekt har bir jamoa uchun qur’a tashlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!