Ronaldu dekabr oxirigacha "Al-Nassr" a’zosi bo‘lishi kutilmoqda

  • 20 dekabr, 2022, 16:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu dekabr oyi oxirigacha Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bu haqda Ispaniyaning taniqli "Marca" nashri xabar berdi. 

Tecno

Manbaga ko‘ra, Ronaldu arab klubi bilan 2025 yilning iyun oyigacha amal qiladigan bitimga imzo chekadi. Uning yiliga 200 million evro maosh olishi aytilgan.

Ayni paytda Krishtianu Dubayda bo‘lib turibdi. U bir necha kunlik ta’tildan so‘ng Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!