
Ronaldu Evroga yuz foiz tayyorligini aytdi
Portugaliya sardori Krishtianu Ronaldu Evro baxslariga shay ekanligi haqida gapirdi.
- Jismonan tayyorman deb o‘ylaysizmi?
"Xa. Men xar doimgidek yaxshi formadaman. Tayyorligim darajasi 100% deya olaman. O‘zimga 80 yoki 90 foiz berishim xato. Jamoaga qo‘ldan kelgancha yordam beraman. Eng asosiysi, murabbiy qarorlarini hurmat qilish kerak."
"Irlandiya va Xorvatiyaga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Biz bu tarkibdan maksimal foydalanish orqali Evroda ajoyib natijaga erishishimiz mumkin", - deya qushimcha qildi Ronaldu.
Ma’lumot uchun, kecha Irlandiyaga qarshi baxsda Ronaldu ikki marotaba darvozani ishg‘ol qildi va terma jamoa tarkibidagi gollari sonini 130 taga etkazib oldi.
Fikrlar