
Ronaldu Evropaning hech bir klubiga kerak emas
Krishtianu Ronalduga faoliyatini davom ettirish uchun yangi klub topish unchalik ham oson bo‘layotgani yo‘q. AS jurnalistlarining yozishicha, markaziy hujumchiga hozircha Evropa klublaridan birorta taklif kelib tushmagan.
Manbaga ko‘ra, Ronalduda Saudiya Arabistoni va Qatar chempionatlarida o‘ynash imkoniyatlari mavjud. Uning xizmatlariga "Al-Nasr" va "Al-Sadd" qiziqish bildirgan. Oldinroq Saudiya Arabistonida Krishtianu mavsumiga taxminan 200 million evro ishlab olishi mumkinligi xabar qilingandi. Biroq keyinchalik ushbu ma’lumotlar tasdiqlanmadi.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi oxirida portugaliyalik futbolchi "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini bekor qilgandi va erkin agentga aylandi. Shuningdek, jahonning 5 karra "oltin to‘p" sohibi JChdagi faoliyatini chorak finaldayoq yakunlashga majbur bo‘ldi. Uning boshchiligidagi Portugaliya Marokash qarshiligini enga olmadi.
Fikrlar