
Ronaldu faoliyatini qachon tugatishi haqidagi savolga kutilmagan javob berdi
Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu professional faoliyatini qachon tugatishi haqidagi savolga javob qaytardi.
- Faoliyatimni tugatishim kerakligini his qilgan paytimdayoq futboldan ketaman. Balki bu holat 10 yildan keyin bo‘lar, - dedi 38 yoshli forvard.
Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda Saudiya Arabistoni professional ligasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 20 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga to‘qqizta golli uzatdi.
Ronaldu Evropadan kelgan ayrim futbol yulduzlaridan farqli o‘laroq, Osiyo futboli va Saudiya Arabistoni sharoitlariga juda tez va yaxshi moslasha oldi.
Fikrlar