Ronaldu faoliyatining tez orada yakunlanishi haqida: "10 yildan so‘ng - bu men uchun "tez orada" degan ma’noni anglatadi"

  • 11.11.2025 18:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" klubi va Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlash haqidagi so‘zlariga izoh berdi. Noyabr oyi boshida jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida portugaliyalik futbolchi faoliyatini qachon yakunlashi haqidagi savolga "Tez orada" deb javob berdi.

Tecno

"10 yildan keyin - bu men uchun "tez orada" degan ma’noni anglatadi. Odamlar men kareramni tez orada tugataman deganimda, yarim yil yoki bir yildan keyin demoqchiman deb o‘ylashadi. Hazil! Ma’lum yoshga etganingda oylarni tez sanay boshlaysan. Futbolda gollardan zavq olishga harakat qilaman. Xabaringiz bor, men 40 yoshdaman va har bir lahzadan zavqlanib, oldinga intilishga harakat qilaman.

O‘ylaymanki, mening tanam yaxshi holatda. Terma jamoadagi o‘yinimga kelsak, men gollar uraman va jamoaga yordam beraman. Men sovrinlarni yutib olishni xohlayman. Bu mening hayotim", - deya Ronalduning Saudiya Arabistonidagi TOURISE sayyohlik forumidagi intervyusidan iqtibos keltiradi Mundo Deportivo nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!