
Ronaldu futbol qirolini taxtdan ag‘darishga bel bog‘ladi
“Yuventus”ning “Kalyari”ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvida dubl qayd etgan Krishtianu Ronaldu futbol tarixidagi eng zo‘r to‘purarlar reytingida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu o‘yindan oldin portugaliyalik to‘purar vengriyalik Ferents Pushkash bilan bir qatorda turgandi.
Ronaldu faoliyati davomida 1026-uchrashuvini o‘tkazib, gollari sonini 748 taga etkazdi.
Navbatda uni futbol qiroli sifatida tan olingan Pelening natijasi kutmoqda. Reytingda uchinchi o‘rinda qayd etilgan braziliyalik hujumchi o‘z davrida 767 ta gol urgan.
Jahon to‘purarlari reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan avstriyalik Yozef Bitsan raqiblar darvozasini 805 marotaba ishg‘ol qilgan. Ikkini o‘rindagi yana bir braziliyalik to‘purar Romario hisobida 772 ta gol bor.
Fikrlar