Ronaldu haqiqatni aytmoqchi!
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ommaviy aborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi haqida tarqatilayotgan xabarlarning aksariyati umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.
Xususan, hujumchining “Bavariya”, “Chelsi”, “Atletiko” kabi jamoalarga o‘tmoqchi bo‘layotgani haqidagi xabarlar ham rad etildi.
- Bir necha haftadan keyin to‘liq intervyu berganimdan keyin hamma bor haqiqatni bilib oladi. Ommaviy axborot vositalari yolg‘on tarqatyapti. Ular so‘nggi oylar davomida tarqatgan yuzlab xabarlari orasida faqatgina beshta to‘g‘risi bor edi, - dedi Krishtianu Ronaldu.
Darhaqiqat, nafaqat Evropa, dunyoning boshqa mintaqalaridagi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasida ishtirok etish ilinjida boshqa jamoaga o‘tmoqchi ekani haqida tinimsiz ma’lumot tarqatilmoqda.

Fikrlar