Ronaldu hech kim urolmagan rekordni yo‘qqa chiqardi

  • 12 iyun, 2024, 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining Irlandiyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvida yana bir katta rekord sohibiga aylandi.

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 39 yoshli hujumchini jahon futbolida yuqori darajadagi musobaqalarda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylanganini e’lon qildi.

Irlandiyaga qarshi bahs Ronalduning professional faoliyatidagi 1226 o‘yin bo‘ldi va u ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha braziliyalik mashhur darvozabon Rojerio Senidan o‘zib ketdi.  

Krishtianu Ronaldu Portugaliya, Angliya, Ispaniya, Italiya va Saudiya Arabistoni chempionatlarida 698 ta, mazkur davlatlarning kubok va Superkuboklarida 101 ta, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda 220 ta, terma jamoada 207 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Portugaliya terma jamoasi tez orada Evropa chempionatidagi ishtirokini boshlaydi. Bu ko‘rsatkichlar yana yangilanishining ehtimoli juda katta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!