Ronaldu insoniyat tarixida hech kim erisholmagan cho‘qqini zabt etdi

  • 03.01.2021 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning instagram sahifasidagi obunachilari soni 250 millionga etdi. 35 yoshli futbolchi bu ko‘rsatkichga erishgan dunyodagi birinchi va yagona shaxsga aylandi.

Mashhurlik bobida ikkinchi o‘rin qo‘shiqchi Ariana Grandega nasib qildi. Bu qizning instagramdagi sahifasini 214 million kishi kuzatib boradi.

Yana bir taniqli aktyor va sportchi Dueyn Jonsonning instagramiga a’zo bo‘lganlar soni 209 million nafarga etgan.

Ronaldu yaqinda Globe Soccer portali tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra, XXI asrning eng zo‘r futbolchisi, deb e’tirof etilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!