
Ronaldu ishtirokidagi matbuot anjumani 2 daqiqada yakunlandi. Undan MYu haqida so‘rashdi
Krishtianu Ronaldu ketma-ket 5 ta jahon chempionatida gol urib, Ganaga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Kishtianuning o‘yindan keyingi matbuot anjumani rekord darajada qisqa bo‘ldi, atigi 2 daqiqayu 12 soniya. Jurnalistlar bor yo‘g‘i ikkita savol berishdi: o‘yin va MYu bilan shartnomani bekor qilish haqida.
"Bu ajoyib lahza, mening 5-mundialim. Biz g‘alaba qozondik, yaxshi boshladik. Juda muhim g‘alaba".
"Yunayted" bilan bog‘liq vaziyat haqida.
"Ushbu bo‘lim yopildi. Biz g‘alaba qozondik, men jamoamga yordam berdim. Qolgan narsalar ahamiyatsiz", - dedi portugaliyalik yulduzi.
Shundan so‘ng, futbolchi matbuot anjumani tark etdi.
Fikrlar