
Ronaldu jamoasiga zo‘r o‘yinchini shaxsan o‘zi taklif qildi
Krishtianu Ronaldu “Yuventus” yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini “An-Nasr”da davom ettirishini istayapti.
TuttoJuve nashrining ma’lum qilishicha, 39 yoshli portugaliyalik yulduz frantsiyalik futbolchini “An-Nasr”ga shaxsan taklif qildi.
Ma’lumki, Pol Pogba o‘tgan yili avgust oyida doping test topshirgan va tekshiruv musbat natija bergan edi.
29 fevral kuni antidoping sudi Pogbani 4 yilga futboldan chetlatish haqida qaror chiqardi. Futbolchi apellyatsiya berdi. Sport arbitraj sudi (CAS) 7 oktyabr kuni diskvalifikatsiya muddati 18 oygacha qisqartirilgani haqida qaror chiqardi.
Endi Pol Pogba 2025 yilning mart oyidan yana rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etishi mumkin. “Yuventus” o‘z yarim himoyachisi bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi emas.
Fikrlar