
Ronaldu Jotaning dafn marosimiga nega bormadi?
Avtohalok tufayli vafot etgan 28 yoshli futbolchi Diogu Jotaning dafn marosimiga bir necha taniqli insonlar, jumladan murabbiy va o‘yinchilar keldi.
Ular orasida Dioguning Portugaliya terma jamoasidagi sherigi va sardori Krishtianu Ronaldu ko‘rinmadi. 40 yoshli futbolchining muhim tadbirga kelmagani ko‘pchilikda savol tug‘dirdi.
A Bola nashrining ma’lum qilishicha, Krishtianu Ronaldu jurnalistlar tufayli dafn marosimida ishtirok etmaslikka qaror qilgan. Mashhur yulduz dafn marosiga kelsa, ommaviy axborot vositalari xodimlarining bu tadbirga e’tibori kuchayib ketishini inobatga olib shu yo‘lni tutgan.
Manbaga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu Jotaning oila a’zolari bilan muntazam aloqa qilib, ularga dalda berib turibdi.
Fikrlar