
Ronaldu klubiga “Real” yulduzini olib keladigan bo‘ldi
“Real” rahbariyati asosiy tarkibdan joy tegmayotgan Rodrigo Goesni sotishga tayyorligini bildirganidan keyin braziliyalik futbolchiga xaridor bo‘lgan klublar harakatga kelib qoldi.
“An-Nasr” yulduzi Krishtianu Ronaldu 24 yoshli futbolchini Saudiya Arabistoniga kelib, o‘zi bilan bir jamoada to‘p tepishini istayapti.
“An-Nasr” 40 yoshli portugaliyalik yulduz bilan amaldagi shartnomani yana ikki yilga uzaytirganidan keyin tarkibni yanada kuchaytirish borasida ish olib boryapti. Rodrigoning nomzodini shaxsan Ronalduning o‘zi ilgari surmoqda.
“Qirollik klubi” yaqindagi 100 million evroga baholangan Rodrigoga tezroq xaridor topish maqsadida talab qilinayotgan summani 90 million evroga pasaytirdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rodrigoning o‘zi Evropada qolishni istayotgani bu transferning amalga oshishiga to‘siq bo‘lib turibdi.
Fikrlar