
Ronaldu kutayotgan Di Mariya Neymarning yo‘lini tanladi
Anxel Di Mariyaning PSJ bilan shartnomasi mavsum oxirida nihoyasiga etadi. Argentinalik futbolchi bilan “Real”da birga o‘ynagan Krishtianu Ronaldu “Yuventus” rahbariyatidan uni Turinga olib kelishni so‘ragan edi.
Biroq, Anxel Di Mariya jamoadoshi Neymar singari faoliyatini Parij klubida davom ettirishni ma’qul ko‘rdi.
- Men Evropadagi faoliyatimni aynan PSJ jamoasida yakunlashni orzu qilaman. Lekin bu menga bog‘liq emas. Hozir yaxshi o‘ynayapman, kuchim boricha bunga harakat qilyapman. Klubning munosabati ham yomon emas, - dedi Di Mariya.
32 yoshli futbolchi joriy mavsumda sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urishga erishdi.
Fikrlar