Ronaldu Lukakudan kuchsizmi?

  • 28 iyun, 2021, 08:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Rimning "Latsio" klubi va Italiya terma jamoasi himoyachisi Franchesko Acherbi "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "Inter" hujumchisi Romelu Lukaku haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Lukakuni to‘xtatish Ronalduga nisbatan qiyinroq. Romelu kuchliroq va gavdaliroq. Ronaldu – klassik hujumchi, shuning uchun unga qarshi o‘ynash Romeluga qarshi o‘ynagandan osonroq", - dedi Acherbi Goal.com nashriga bergan intervyusida.

O‘tgan mavsum 36 yoshli Ronaldu 44 ta o‘yinda ishtirok etdi va 36 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

28 yoshli Lukaku yakunlangan mavsum jami 44 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 30 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!