
Ronaldu "Manchester Yunayted"dan ketgandan so‘ng bo‘sh qolgan 7-raqamda kim o‘ynaydi?
"Manchester Yunayted"da Krishtianu Ronalduning shov-shuvli ketishidan so‘ng 7-raqam bo‘sh qolgandi.Bu raqamda Ronaldudan tashqari Devid Bekxem, Jorj Best, Erik Kantona va boshqa afsonalar o‘ynagan.
"Manchester Evening News" nashri xabariga ko‘ra, bu raqam iqtidorli vinger Alexandro Garnachoga o‘tishi mumkin. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, Garnacho "Manchester Yunayted"da Ronaldudan keyin 7-raqamli birinchi o‘smirga aylanadi. 2003 yilda 18 yoshida portugaliyalik futbolchi "Sporting"dan o‘tganidan so‘ng bu raqam yozilgan futbolkani olgandi.
Alexandro hozirda 49-raqamda harakat qiladi.
18 yoshli argentinalik "qizil iblislar"ning asosiy jamoasi safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar