Ronaldu maqsadini oshkor qildi

  • 29 avgust, 2020, 09:00
  • 0
  • Futbol

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi mavsumga o‘zgacha ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko‘rmoqda. U o‘z maqsadlarini oshkor qildi. 

- Mening ruhiyatim va maqsadlari har qachongidan g‘am yuqori va “Yuventus” safida uchinchi mavsumimga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapman. Men gollar va g‘alabalarni ko‘zlayapman. Bunga sadofat, layoqat va professionalizm bilan erishiladi. Jamoadoshlarim bilan birga Italiya, Evropa va jahonni zabt etishga bel bog‘ladik, - dedi Ronaldu.

“Yuventus”ni qabul qilib olgan Andrea Pirlo avvaliga portugaliyalik hujumchini rejalariga kiritmagan edi. Keyin esa italiyalik mutaxassis 35 yoshli to‘purarga maydonda erkin o‘yinchi vazifasini topshirishga qaror qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!