Ronaldu millionlardan voz kechdi, Messi hamon o‘ylanmoqda

  • 23 yanvar, 2021, 11:51
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" yulduzi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonini turistik manzil sifatida reklama qilishni istamadi, deya xabar bermoqda "The Telegraph".

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchiga reklama kompaniyasida qatnashish evaziga 6 mln evro taklif qilingan, ammo Ronaldu unda ishtirok etishdan bosh tortgan. Agar u taklifni qabul qilganida, mamlakatga tashrif buyurishi lozim bo‘lgan. Saudiya Arabistonida uning imijini reklama uchun ishlatishlari mumkin edi.

Ta’kidlanishicha, "Barselona" sardori Lionel Messiga ham xuddi shundan shartnoma yuborilgan, ammo uning javobi hozircha noma’lum. Saudiya Arabistoni reklama kampaniyasiga futbol yulduzlarini jalb qilish orqali turistik e’tiborni oshirishga harakat qilyapti.

Yaqinda FIFA prezidenti Janni Infantino Ar-Riyodga tashrifi chog‘ida shunday degan edi:"Butun dunyo bu yorga kelishi lozim. Men juda ta’sirlandim".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!