Ronaldu “Oltin to‘p” marosimiga boradi. Maqsad nima?

  • 16.10.2022 12:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu besh yillik tanaffusdan keyin “Oltin to‘p” topshirish marosimiga boradi.

Portugaliyalik futbolchi so‘nggi bor bu tadbirda 2017 yili qatnashgan va o‘shanda beshinchi marta bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

37 yoshli to‘purar mavsumning eng zo‘r futbolchisiga beriladigan ushbu yutuqqa 2008, 2013, 2014, 2016 yillarda ham loyiq topilgan.

Bu yilgi sovringa asosiy da’vogar sifatida “Real” safida Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi va to‘purari bo‘lgan Karim Benzema e’tirof etilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!