Ronaldu: "Orzular hamon tirik"

  • 7 dekabr, 2022, 08:49
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu Portugaliyaning Shveytsariya ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng fikr bildirdi. U jamoasining bo‘lajak 1/4 finaldagi imkoniyatlarini juda yuqori baholadi.

Tecno

"Portugaliya jahon futbolidagi eng yirik turnirda tarixiy natija qayd etishda davom etyapti, bu quvonarli. Barcha uchun ajoyib kun bo‘ldi. Iste’dodli yoshlarga to‘la jamoaning ajoyib yurishini barcha kuzatishi lozim, yorqin g‘alaba bilan hammani tabriklayman.

Orzular hamon tirik. Uni chiroyli yakunlab qo‘yish kerak xolos. Olg‘a Portugaliya!" — deb yozdi "oltin to‘p"ning besh karra sohibi.

Ma’lumot uchun, chorak finalda Santush shogirdlari Marokash bilan to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!