Ronaldu o‘ziga yoqmaydigan reyting “qahramoni”!

  • 2 iyul, 2024, 17:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronalduning Germaniyadagi jahon chempionatida shaxsiy ko‘rsatkichlari o‘zi istaganidek bo‘lmayapti.

Zamonaviy futbolchi eng ko‘p gol urgan 39 yoshli forvard “Evro-2024”da hali biror marotaba raqiblar darvozasiga yo‘l topa olgani yo‘q.

Squawka statistika portali ekspertlari1980 yildan buyon evropa chempionatlarida eng ko‘p zarba berib, gol ura olmagan futbolchilar reytingini e’lon qildi. Bu galgi musobaqada 20 ta zarba yo‘llagan Krishtianu Ronaldu ham ushbu ro‘yxatdan joy oldi.

Evropa chempionatlari tarixida bir musobaqa doirasida eng ko‘p zarba yo‘llab, maqsadiga etolmagan o‘yinchilar beshligi bilan tanishing:

Deku — 24 ta golsiz zarba (“Evro-2004”);

Fernando Yerro — 23 ta golsiz zarba (“Evro-1996”);

Kevin De Bryoyne — 21 ta golsiz zarba (“Evro-2016”);

Dani Olmo — 21 ta golsiz zarba (“Evro-2020”);

Krishtianu Ronaldu — 20 ta golsiz zarba (“Evro-2024”).

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!