Ronaldu o‘zining cho‘qqisiga qaytishga juda yaqin

  • 16 sentabr, 2022, 00:59
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Evropa Ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi safarda "Sherif" ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Rafa Varan maydonga tushganida jamoadoshlariga etakchi sifatida harakat qildi, ularga to‘g‘ri pozitsiyalarni egallashga yordam berdi.

Sancho uchun juda xursandman. U yana bir gol urdi. Hozircha uning hisobida uchta gol bor. Menimcha, bu yaxshi natija. Ammo Jeydon hali yanada o‘sishi kerak.

Ronaldu o‘zining cho‘qqisiga qaytishga juda yaqin. U holda biz yana haqiqiy gol mashinasini ko‘ramiz. U bizning loyihamizning asosiy qismi. Men u uchun xursandman ", dedi Ten Xag.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!