
Ronaldu penalti urolmagan Felish bilan teng baholandi
Krishtianu Ronaldu va Joau Feliks Frantsiya bilan bahsda eng past baholangan futbolchilar bo‘ldi.
Portugaliya "Evro-2024" chorak finalida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng (3:5) "A Bola" nashri o‘yinchilarni baholab chiqdi.
Ronaldu va Feliks 10'dan 5 ball olishga muvaffaq bo‘ldi. Joau o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan seriyada penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Eng yaxshi baholangan portugaliyaliklar Nunu Mendesh, Pepe, Palinya hamda Vitinya bo‘ldi. Ular 8 ballga loyiq ko‘rildi. "A Bola" versiyasiga ko‘ra, Mendesh bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Fikrlar