Ronaldu "Real" va PSJ termaga kiritilmadi
“Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Marca nashri muxlislari bergan ovozlarga ko‘ra, madridliklar va PSJ jamoalarining aralash tarkibiga kiritilmagan.
So‘rovnoma yakuniga ko‘ra, o‘ziga xos ushbu ramziy tarkibdan 7 nafar ispan klubi futbolchisi va 4 nafar frantsuz klubi vakillari o‘rin olishgan.
“Real” va PSJ terma jamoasining tarkibi quyidagicha ko‘rinish olgan:
Keylor Navas - Dani Alves, Rafael Varan, Serxio Ramos, Marselu - Toni Kroos, Kazemiru, Luka Modrich - Kilyan Mbappe, Edinson Kavani, Neymar.
Eslatib o‘tamiz, “Real” va PSJ o‘rtasidagi EChL 1/8 final birinchi bahs Madridda 14 fevral kuni bo‘lib o‘tsa, javob bahsi 6 mart kuni Parij bo‘ladi.
Fikrlar