
Ronaldu: "Real"da umrimni oxirigacha qolishim amri mahol
Avvalroq xabar berganimizdek, Madridning “Real” klubi xujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropa chempionlar ligasining final uchrashuvida “Liverpul” ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:1) so‘ng jamoani tark etishiga sha’ma qilgandi.
- Bilaman, bunday darajadagi bayonot uchun qulay vaziyat emas edi. Men o‘z kelajagim haqida gapirgandim, biroq bunday qilganimni xato deb bilmayman. Shuni aytishim kerakki, yaqin kelajakda bir nima bo‘lishi ehtimoli katta.
Hafta yakunida rasman bir ma’lumotni e’lon qilaman, muxlislar meni qo‘llab-quvatlashiga ishonaman.
Bo‘lib o‘tgan vaziyatda o‘zimni holisona tutganimdan xursandman.
Guvohi bo‘lganingizdek, chempionlar ligasida 5 marotaba g‘alaba qozondim, shu qatori 5ta “Oltin to‘p”ni qo‘lga qiritganman. Bugungi kunga kelib tarixga o‘z nomimni yozdirishga muvaffaq bo‘ldim.
Keyingi mavsumni “Real”da davom etirishimga ishonchim komil emas. Bir necha kundan so‘ng hamma narsaga oydinlik kiritaman, - deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.
Fikrlar