
Ronaldu “Santyago Bernabeu”ga borgan. U “Real”ga qaytmoqchi!
Ispaniyaning Marca nashri “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Real”ga qaytish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.
Xabarlarga qaraganda, Ronaldu shu yilning 1 mart kuni “Santyago Bernabeu” mezbonlik qilgan “el-klasiko”ni bevosita stadionda tomosha qilgan. Shu kuni hujumchi madridliklar rahbari Florentino Peres bilan suhbatlashgan.
“Yuventus” portugaliyalik hujumchi uchun sarf qilingan 100 million evroning ma’lum qismini qaytarish va yiliga 31 million evro olayotgan qimmat o‘yinchidan qutilish uchun Ronalduni yozda transfer qilishi mumkinligi aytilayotgan edi.
Ronalduga qiziqayotgan jamoalar orasida “Real” ham tilga olinmoqda. Hujumchi 2009-2018 yillar davomida madridliklar safida to‘p tepgan.
Fikrlar