
Ibrohimovich o‘zidan kuchli futbolchi bo‘lganini tan oldi
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibrohimovich “Bolonya” bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich leykemiya bilan og‘riganini eshitganida bu jamoada tekinga o‘ynashga tayyor bo‘lganini aytdi.
- Men uning kasal bo‘lganini eshitganimda, telefon qilish uchun qaysi payt quday bo‘lishini bilmasdim. Qo‘limdan kelganida unga butun kuchimni bergan bo‘lardim. To‘g‘ri keladigan so‘zlarni topolmay qoldim. Mixaylovich mendan kuchli edi. Men unga “Bolonya”da bepul o‘ynash uchun qo‘limdan kelganini qilaman dedim. U meni olish uchun ko‘p narsa qildi. Biroq o‘xshamadi. “Bolonya”ga borganimda faqat Sinishaning hurmatidan o‘ynardim, - dedi Ibrohimovich.
Sinisha Mixaylovich murabbiylik faoliyati davomida Italiyaning o‘nga yaqin jamoasini boshqargan. 2019 yilda “Bolonya”ni qabul qilib olgan mutaxassis tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganida qon saratoniga chalingani aniqlangandi. U hamon “Bolonya” bosh murabbiyi sifatida ishlamoqda.
Fikrlar