
Ronaldu sevgilisini aytganini qiladimi yoki xo‘jayinnimi?
“Manchester Yunayted”ning 37 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etish fikridan qaytgani yo‘q. Bosh murabbiy Erik ten Xagning ham portugaliyalik yulduzga nisbatan munosabati o‘zgardi va uning ketishiga qarshi emasligini bildirdi.
Manchester Evening News nashrining xabar berishicha, tajribali to‘purarning jamoadan ketishiga klub xo‘jayinlaridan biri Joel Gleyzer to‘sqinlik qilmoqda.
O‘tgan mavsumdagi past natijalar tufayli Ronalduning maoshi 25 foizga qisqardi. Krishtianu jamoaning kelajagiga ishonmayapti.
Bundan tashqari, Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodriges oilaviy Ispaniya qaytishni so‘rayapti.
Manbalarning ta’kidlashicha, Joel Gleyzer “Manchester Yunayted”ning har bir transferini nazorat qilishga intiladi.
Fikrlar