
Ronaldu Shomurodov jamoasiga qarshi o‘yinga munosabat bildirdi
Italiya kubogining 1/8 finalida “Yuventus” o‘z maydonida “Jenoa” bilan kuch sinashdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida durang natija bilan yakunlandi. Qo‘shimcha vaqtda Hamza Rafya turinliklarga g‘alaba keltirgan gol muallifi bo‘ldi.
Uchrashuvdan so‘ng “Yuventus” yulduzi Krishtianu Ronaldu o‘z fikrini bildirdi.
- Birinchi maqsadimiz amalga oshdi, yana yurishda davom etamiz!, - deb yozdi Ronaldu instagramdagi sahifasida.
Endi “Yuventus” chorak final bahsida “Sassuolo” va “Spal” jamoalarining o‘zaro uchrashuvida g‘alaba qozongan jamoa bilan kuch sinashadi.
Fikrlar