Ronaldu tarixda milliard dollarga ega bo‘lgan ilk futbolchiga aylandi
Krishtianu Ronaldu tarixda ilk bor milliard dollarga ega bo‘lgan futbolchi sifatida qayd etildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik hujumchining boyligi 1,4 milliard AQSh dollariga etgan. Bu ko‘rsatkich Bloomberg’ning milliarderlar indekslarida ilk bor qayd etildi. Shu tariqa Ronaldu tarixda bunday darajaga etgan birinchi charm to‘p ustasiga aylandi.
U 2025 yilning iyun oyida “An-Nasr” bilan qiymati 400 million dollardan ortiq bo‘lgan yangi shartnoma imzolagan edi. Bu bitim uni dunyoning eng badavlat sportchilaridan biriga aylantirdi. Hisoblarga ko‘ra, Ronaldu 2002–2023 yillar oralig‘ida futbol faoliyatidan 550 million dollardan ortiq daromad topgan. Shuningdek, u Nike kompaniyasi bilan har yili 18 million dollar qiymatidagi 10 yillik shartnomaga ega. Shu bilan birga, Armani va Castrol kabi brendlar bilan hamkorlik qilib, boyligini yana 175 million dollarga oshirgan.
Hujumchi 2023 yilda Saudiya klubiga o‘tishi evaziga yiliga 200 million dollarlik soliqlardan tashqari sof maosh va bonuslar oladi. Shuningdek, u 30 million dollarlik imzo bonusi ham qo‘lga kiritgan.



Fikrlar