
Ronaldu terma jamoadagi kelajagi borasida qaror qabul qilgan
Krishtianu Ronaldu JCh-2022dan keyin Portugaliya terma jamoasidan ketmoqchi emas.
"Correio da Manhã" nashrining xabar berishicha, forvard milliy termada o‘ynashda davom etmoqchi. U Evro-2024da ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, vaziyat Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishga yaqin turgan Fernandu Santushning kelajagiga bog‘liq. Ammo Ronaldu kamida 2024 yilgacha termada o‘ynashga umid qilmoqda.
Futbolchi hozir o‘zining eng yaxshi sport formasida emasligini tushinib turibdi. U bunda mavsumoldi mashg‘ulotlar va MYudagi tartibsiz o‘yin amaliyotini ayblamoqda.
Fikrlar