
Ronaldu va Buffon yaqinlarini yo‘qotgan bolalar bilan uchrashishdi
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu va Janluiji Buffon yor qimirlashi oqibatida yaqinlarini yo‘qotgan albaniyalik ikkita bola bilan uchrashishdi.
Albaniyada yuz bergan zilziladan eng ko‘p zarar ko‘rgan shaharda omon qolgan 7 yoshli Aurel Lala opasi va buvisidan, Alesio Kakoni esa otasi va singlisidan ayrildi.
Albaniya bosh vaziri Edi Rama Aurel va Alesio "Yuventus" muhlisi ekanligidan xabar topdi va Rimda Ronaldi va Buffon bilan uchrashuv tashkil qildi. Ushbu uchrashuvda turin klubi futbolchilari shahsiy imzosi tushirilgan "Yuventus" liboslarini bolalarga taqdim etishdi.
Fikrlar