Ronaldu va Messi bu ko‘rsatkich bo‘yicha etakchi

  • 12 noyabr, 2020, 13:19
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Dunyoga mashhur "Transfermarkt" portali XXI asrda eng ko‘p penaltini ko‘kka sovurgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.

Ushbu ro‘yxatda argentinalik Lionel Messi etakchi bo‘lib turibdi. "Barselona" sardori 27 bor 11 metrlik nuqtadan gol ura olmagan. Ikkinchi o‘rinda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu joylashgan. "Yuventus" hujumchisi hisobida ham 27 ta noaniq tepilgan penalti bor. Biroq Ronaldudagi aniqlik foizi Messiga qaraganda balandroq.

Ikki "o‘zga sayyoralik"dan keyingi pog‘onani italiyalik Franchesko Totti egallagan. Uning hisobida 19 ta noaniq penalti bor. Undan keyingi o‘rinlarda Zlatan Ibragimovich hamda Antonio Di Natale qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!