
Ronaldu va Messining qadriga qachon etamiz?
“Manchester Yunated”ning sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov zamonamizning ikki buyuk futbolchisi – Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Krishtianu faoliyatini yakunlagach, albatta, futbolda boshqa yulduzlar paydo bo‘ladi.
Ammo biz Ronaldu va Messi faoliyatini yakunlamagunicha har kuni qarashga odatlanib qolgan bu ikki sportchining buyukligini anglab etmaymiz”, - dedi bolgariyalik sobiq futbolchi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu 5 karra, Messi 6 karra "Oltin to‘p" sohibi hisoblanadi.
Fikrlar