Ronaldu: "Xoylund ertaga meni nishonlashimni ko‘radi"

  • 23 mart, 11:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya va "An-Nasr" hujumchisi hisoblangan Krishtianu Ronaldu Daniyaga qarshi javob bellashuvidan avval matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan bir necha savollarga javob berdi. 

"Men 90 daqiqada mag‘lub bo‘lganman, lekin hech qachon birinchi bo‘limdayoq yutqazmaganman. Ertaga – ikkinchi bo‘lim. 

Ba’zan shunday o‘yinlar ham bo‘ladi, yomon kunlar uchraydi. Bugun men ham, jamoa ham yaxshi o‘ynamadik, lekin bu – hayotning bir qismi. 

Terma jamoa atrofida qandaydir salbiy gaplar tarqamoqda. Ba’zi savollar hurmatsizlik edi. Men javob berayotganimda menga qarang, kompyuterga emas. Bunga vaqt topasiz. 

Xoylund mening gol nishonlashimni takrorlagani muammo emas. U buni hurmatsizlik uchun qilmaganini bilaman. Faqat u emas, balki boshqa sportchilar ham men kabi nishonlashadi. Umid qilamanki, ertaga u maydonda mening nishonlashimni tomosha qiladi! 

Bu faqat men gol urishim haqida emas… Muhimi – Portugaliya g‘alabasi. Agar biz yutib, men o‘ynamasam ham, bunga rozi bo‘laman" - deya ta’rif berib o‘tdi Ronaldu. 

Eslatib o‘tamiz, ilk uchrashuvda "Manchester Yunayted" hujumchisi Xoylundning yagona goli Daniyaga Portugaliya ustidan g‘alaba keltirgan edi. Javob bahsi esa 23 mart kuni Toshkent vaqti bilan 00:45 da start olishi rejalashtirilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!