
Ronaldu yoki Messi? Van Basten javob berdi
"Ayaks" va "Milan"ning sobiq hujumchisi Marko van Basten Lionel Messining Krishtianu Ronaldudan yaxshiroq ekanligi haqida gapirdi.
“Krishtianu ajoyib futbolchi, lekin uni Messidan yaxshiroq deganlar futbolni tushunmaydi yoki ular Leoning dushmanlari. Messi — o‘ziga xos futbolchi. Menimcha, yaqin yillar ichida bunday darajadagi futbolchi qayta tug‘ilmaydi. Unga o‘xshagan o‘yinchilar har 50 yoki 100 yilda paydo bo‘ladi.
Pele, Maradona va Kroyff men uchun tarixdagi eng yaxshi uchlik. Bolaligimda men Kroyffga o‘xshamoqchi bo‘lganman. Pele va Maradona esa aql bovar qilmaydigan iqtidor sohiblari hisoblanadi”, - deya van Bastenning so‘zlarini keltiradi “Corriere dello Sport” nashri.
Eslatib o‘tamiz, Messi “Oltin to‘p”ni etti marta, Ronaldu esa besh marta qo‘lga kiritgan.
Fikrlar