
Ronaldu “Yunayted” muhitini buzadi!
“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov bu jamoaga Krishtianu Ronaldu kelganidan keyin ichki muhit buzilishi ehtimoli katta ekanini ta’kidladi.
- Ronaldu kelishi bilan jamoaga ta’sir o‘tkaza boshlaganidan hayron bo‘lganim yo‘q. Mavsum davomida Krishtianu yanada kuchayib boradi. Uning to‘purarlik mahoratiga shubha qilib bo‘lmaydi. Muxlislar ham uni zo‘r kutib olishdi. Bunga javoban Ronaldu debyut uchrashuvida bir juft gol urdi.
Eng qizig‘i, Sulsher jamoaning qolgan o‘yinchilarni qanday qilib baxtiyor qilishida. Xususan, u Edinson Kavanini o‘ynatish yo‘lini topishi kerak. Iste’dodli o‘yinchilar ko‘p bo‘lgan tarkib bilan ishlash juda qiyinlashib boraveradi. Chunki ularning his-tuyg‘ulari jumbushga keladi. Menimcha, Kavani hozir baxtli emas, - dedi Dimitar Berbatov.
Fikrlar