Ronaldu “Yuventus”ga yangi bosh murabbiy olib kelmoqchi

  • 8 avgust, 2020, 15:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, “Yuventus”da bosh murabbiy o‘zgarishi kutilmoqda. Bundan tashqari, joriy mavsumda turinliklarning ko‘rsatkichi avvalgi yillarga qaraganda ancha kamtarin bo‘ldi.

Tecno

Hozircha, Maurisio Sarri o‘rniga dastlabki nomzodlar ham paydo bo‘la boshladi. Ulardan biri Simone Inzagi bo‘lib, u klub sport direktori Fabio Paratichining do‘stidir.

Jamoa etakchisi Krishtianu Ronaldu esa, boshqaruvni “Bordo”da ishlayotgan hamyurti Paulu Souzaga topshirilishini istamoqda.

“Yuventus” rahbariyati Souzani bir yilga olib kelib, keyingi yili “Real” va “Manchester Siti” bilan shartnomalari tugaydigan Zinedin Zidan va Xosep Gvardiolani taklif qilishni ham o‘ylamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!