Ronaldudan yangi rekordlar

  • 12.11.2020 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu  Ronaldu Andorra terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida bir necha shaxsiy rekordlarini yangiladi.

Xususan, portugaliyaliklarning 7:0 hisobidagi ustunligi bilan yakunlangan ushbu bahsda Ronaldu terma jamoadagi 100-g‘alabasini tantana qildi. Krishtianu portugaliyalik futbolchi orasida bu yuzlik dovondan o‘tgan yagona futbolchi hisoblanadi. Dunyoda esa faqat Ispaniya terma jamoasi futbolchilari – Serxio Ramos (129), Iker Kasilyas (121) va Xavi (100) Ronaldudan oldinda.

Shuningdek, Andorra darvozasini bir marotaba ishg‘ol qilgan Ronaldu terma jamoadagi gollari sonini 102 taga etkazdi. U bu boradagi yaqqol peshqadam – eronlik hujumchi Ali Dayining rekordini yangilashi uchun yana sakkizta gol urishi kerak.

Krishtianu Ronaldu o‘ynagan 168 ta uchrashuvda Portugaliya terma jamoasi 100 ta g‘alaba, 26 ta durang va 42 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!