
Ronalduga taqlid qilgan braziliyalik futbolchi: Men o‘laman deb o‘yladim
"Palmeyras" yarim himoyachisi Gabriel Menino portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning dietasini sinab ko‘rishga qaror qildi.
Braziliyalik futbolchining so‘zlariga ko‘ra, uning vazni bilan bog‘liq muammolari yo‘q edi, lekin u nimanidir o‘zgartirmoqchi bo‘ldi.
"Dietolog menga Krishtianuning dietasini yozib berdi. Parhez quyidagicha edi: nonushta - tuxum va ozuqaviy qo‘shimchalar, mashg‘ulotdan oldin - qo‘shimchalar, tushlikda - baliq yoki salat, tushdan keyin qo‘shimchalar bilan gazak. Kechki ovqatda men baliq va salat edim. Yotishdan oldin - yana ozuqaviy qo‘shimchalar.
Navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotganimda, endi yugura olmasligimni angladim. Men o‘laman deb o‘yladim. Besh daqiqalik o‘yindan so‘ng men boshqa yugura olmadim”, - dedi u.
Fikrlar