
Ronalduni tunab ketishdi
Krishtianu Ronalduning Madeyradagi uyini o‘g‘ri urib ketdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, noma’lum shaxs uy hududiga garaj orqali kirgan. O‘g‘ri futbolchining uyida bir necha buyumlar qatori Ronaldu uchun qadrli bo‘lgan “Yuventus”ning imzolangan futbolkasini ham olib ketgan.
Uyga kirgan o‘g‘ri videokameraga tushib qolgan va ayni paytda shahar politsiyasi jinoyat bo‘yicha ish olib bormoqda. Hozirda, o‘g‘rilikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olingan. Tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Fikrlar