
Ronalduning bir o‘zi APLning uch klubi o‘yinchilaridan ko‘p maosh olmoqda
Angliya premer-ligasining uch vakili – “Norvich”, “Lids” va “Brenford”ning barcha futbolchilarining yillik maoshini yig‘ib hisoblaganda, “Manchester Yunayted” 36 yoshli qariyaga to‘layotgan pullarga etmadi.
Mazkur jamoalar tarkibidagi o‘yinchilarning umumiy maoshi yiliga 29 million evroni tashkil qilmoqda. Ronalduning bir o‘zi manchesterliklardan 29,3 million evro olyapti.
Umuman olganda, “Manchester Yunayted” eng ko‘p maosh beradigan jamoa hisoblanadi va ular bir yilda futbolchilar xizmat haqi uchun 266,7 million evro ajratadi. Bu borada ikkinchi o‘rinda qayd etilgan “Chelsi”ning maosh fondi 191,3 million evroga teng. Angliya chempioni – “Manchester Siti” futbolchilar maoshi uchun yiliga 168,4 million evro xarajat qilmoqda.
Ronaldu joriy mavsumda manchesterliklar tarkibida ettita uchrashuv o‘tkazib, beshta gol urdi.
Fikrlar