Ronalduning kelajagi so‘roq ostida qolmoqda

  • 30 iyun, 2021, 16:24
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" yulduzi Krishtianu Ronaldu faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi hamon so‘roq ostida qolmoqda. Uning amaldagi shartnomasi roppa-rosa 1 yildan keyin yakunlanadi.

Tecno

Portugaliyalik hujumchi "keksa senora" bilan yangi bitim borasida muzokara olib bormayapti. Mashhur jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, turinliklar rahbariyati 36 yoshli futbolchining so‘nggi qarorini kutmoqda.

Ronaldu jamoaga qaytarilgan bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan qanday munosabatda ekanligi aniq emas. Ammo Italiya OAV xabariga ko‘ra, Krishtianu katta ehtimol bilan boshqa jamoaga o‘tadi.

"Yuventus"da yiliga 31 mln evro maosh oladigan hujumchi joriy mavsum 44 o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 36 gol va 4 assistni yozdirib qo‘ydi. Unga PSJ, "Manchester Yunayted" jamoalaridan qiziqish borligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!