Ronalduning ketishi "Manchester Yunayted"ning foydasiga ishladimi?
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashganidan keyin jamoaning o‘yini o‘zgargani haqidagi savolga javob berdi.
"Agar siz bizning o‘yinlarimizni tomosha qilsangiz, bu savolga o‘zingiz javob berasiz", - dedi niderlandiyalik mutaxassis The Times nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu «Manchester Yunayted»ga 2021 yilning yozida Turinning «Yuventus» klubidan erkin agent sifatida qaytgan edi. 2022 yil noyabr oyi oxirida esa tomonlar shartnomani muddatidan oldin bekor qilishdi.
2023 yilning yanvar oyi boshidan buyon 38 yoshli hujumchi Saudiyaning “An-Nasr” klubida to‘p surmoqda. 2022/2023 yilgi mavsumda Krishtianu Saudiya Arabistoni chempionatida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar