Ronalduning ortidan Beyl ham "Real"dan ketishi haqida aytdi
Madridning "Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Garet Beyl kecha “Liverpul”ga (3:1) qarshi bo‘lib o‘tgan EChL finalidan so‘ng jamoadan ketishi haqida aytib o‘tdi.
“Men ko‘proq o‘ynashni istayman. Shu bois yozda agentim bilan barcha takliflarni ko‘rib chiqamiz”, - deydi uelslik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Beyl kecha zahiradan maydonga tushib, raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol etdi va jamoasiga navbatdagi chempionlikni keltirdi.
Ma’lumot uchun, bundan avval "Real"ning boshqa bir etakchisi Krishtianu Ronaldu ham yozda jamoadan ketishiga sha’ma qilib o‘tgan edi.
Fikrlar