
Ronalduning zo‘rligi yana bir bor tan olindi
Yamaykalik sakkiz karra olimpiya chempioni va 11 karra jahon chempionati g‘olibi Useyn Bolt Krishtianu Ronalduning jismoniy holatiga yuqori baho berdi.
- Hozir Ronaldu bilan yugurishdan bahslashsak, u mendan o‘zib ketadi. Chunki Krishtianu hamon professional sportchilik faoliyatini davom ettirmoqda. U har kuni ter to‘kib, mehnat qiladi va men uni superatlet, deb tan olaman. Hozir u mendan tezkor, - dedi Useyn Bolt.
Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda koronavirusga chalingani va jarohatga yo‘lliqaniga qaramay, to‘purarlik qobiliyatini namoyish etib kelmoqda. 35 yoshli futbolchining jismoniy imkoniyatlari ko‘pchilikni hayratga solyapti.
Fikrlar